Foto: Hasht-e Subh Daily
Afgʻonistonning Parvon viloyatida joylashgan Salang tunnelida sodir boʻlgan yongʻin oqibatida 19 kishi halok boʻldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Foto: Telegram
Qayd etilishicha, hodisa 17-dekabr kuni yuz bergan va hozirgacha toʻliq bartaraf etilmagan. Xabarga koʻra, Bagʻlondan Kobulga ketayotgan neft tankeri Salang tunnelidan 50 metr uzoqlikda yerga agʻdarilib ketgan.
Shundan soʻng, unda yongʻin yuzaga kelgan. Shuningdek, mazkur yongʻin neft tankeridan koʻmir olib ketayotgan ikkita yuk mashinasiga, keyin esa yana 12 ta mashinaga oʻtgan.
Foto: Tolo News
Maʼlum qilinishicha, hodisa oqibatida 32 kishi jarohatlangan.
Hozirda mazkur holat rasmiylar tomonidan oʻrganilmoqda. Xabarga koʻra, statistik maʼlumotlar oʻzgarmoqda va halok boʻlganlar soni ortishi mumkin.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling