Toshkentda ikki nafar shaxs o'smir qizga kuch ishlatib, o'g'irlab ketdi — video

Noma’lum shaxslar qizni ushlab, kuch bilan mashinaga o‘tqazgan

Videodan lavha

Videodan lavha

Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar shaxs o'smirligi aytilayotgan qizning ortidan quvib, uni majburan mashinada olib ketgani aks etgan video tarqaldi. Bu haqda "Nemolchi" xabar bermoqda.

Videoga qaraganda, voqea 24-noyabr kuni soat 07:35 da sodir bo‘lgan, aniq manzil ko‘rsatilmagan. Voqea guvohi Toshkent IIB botiga yozuv yuborgan va u yerda unga shahar bo‘limiga murojaat qilishni aytishgan.

"Video boʻyicha mashinani izlash, tafsilotlarini oʻrganish shunchalik qiyinmi?", deb yozadi "Nemolchi".

Hozircha holat yuzasidan rasmiy ma'lumot berilmagan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar