Foto: 90min
MYU muxlislari klub egalariga nisbatan original uslubda norozilik bildirishdi
“Manchester Yunayted” muxlislari Afrikaning eng baland togʻi – Kilimanjaro choʻqqisiga chiqib, klub egalari sanalmish Gleyzerlar oilasiga qarshi norozilik bildirdilar.

Bu haqda “Manchester Evening News” nashri xabar tarqatmoqda.
Muxlislar toqqa “Glazers out” deb yozilgan banner oʻrnatishgan.
Eslatib oʻtamiz, Gleyzerlar 2005-yildan buyon “Manchester Yunayted”ga egalik qilishadi. Koʻp yillardan buyon aksariyat ishqibozlar ularga qarshi boʻlib kelishmoqda. Muxlislar hatto Angliya yettinchi divizionida “Yunayted of Manchester” klubini ham yaratishgan.