O'zbekiston bozorlarida qalbaki xamirturushlar sotilayotganligi aniqlandi

Qalbakilashtirilgan mahsulotlarni sotayotgan yuridik shaxs va savdo shoxobcha joyi qayd etilib, chora ko‘rish uchun tegishli tashkilotlarga yuborilgan

Foto: Consumer.uz

Foto: Consumer.uz

O'zbekistonda xamirturush mahsulotlarining qalbakilashtirilgan nusxalari sotilayotganligini ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi matbuot xizmati.

Foto: Consumer.uz

Foto: Consumer.uz

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga “Central Asia Distribution” MCHJning rasmiy vakili – distribyutori murojaat qilib, respublika hududida "Angel Дрожжи хлебопекарные сухие активные", "Angel разрыхлитель теста", "Angel Дрожжи хлебопекарные сухие инстантные" va "Дрожа Baker Dream" mahsulotlarining qalbakilashtirilgan nusxalari sotilayotganligini ma’lum qilgan.

Foto: Consumer.uz

Foto: Consumer.uz

Unga ko‘ra, “Central Asia Distribution” MCHJning rasmiy vakili ushbu holatga qarshi kurashishda amaliy yordam berilishi, shuningdek, kompaniya savdo shoxobchalarida qalbaki mahsulotlar sotilishining oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishini so‘ragan.

Foto: Consumer.uz

Foto: Consumer.uz

Hududlarda joylashgan bozorlar va savdo do‘konlarida kontrafakt xamirturush mahsulotlarini aniqlash yuzasidan agentlikning hududiy tuzilmalari tomonidan 64 ta monitoring kuzatuvlari amalga oshirilgan. Natijada, Agentlik tomonidan 54 ta holatda (85 foizida) shunday mahsulotlar borligi aniqlangan.

Ma'lum qilinishicha, qalbakilashtirilgan mahsulotlarni sotayotgan yuridik shaxs nomi va savdo shoxobcha joyi qayd etilib, chora ko‘rish uchun tegishli tashkilotlarga yuborilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar