Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Bishkek-Moskva reysi deyarli bo'm-bo'sh holda uchayotgani aks etgan video tarqaldi.
Videoni tarmoqqa yuklagan odam unga shunday izoh yozgan: "Hech kim Rossiyaga qaytishni hohamaydi".
Rossiyada harbiy safarbarlik e'lon qilinganidan so'ng fuqarolar mamlakatdan qochib ketishga harakat qilmoqdalar. Videodan ma'lumki, odamlar hozircha Rossiyaga qaytishdan ko'ra boshqa davlatda yashab turishni ma'qul ko'rmoqdalar.