Ukraina JCH- 2030 mezbonligi uchun ariza topshiradi

Ukraina 5-oktyabr kuni UEFA anjumani vaqtida oʻz niyatini rasman eʼlon qilishi kutilmoqda

Foto: Yandex

Foto: Yandex

Ukraina 2030-yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qilish uchun ariza topshirishni rejalashtirmoqda. Bu Ispaniya va Portugaliya bilan qoʻshma taklif boʻladi.

“The Times” nashrining yozishicha, prezident Vladimir Zelenskiy va Pireney yarim oroli davlatlari rahbarlari allaqachon guruhlardan biridagi oʻyinlarni Ukraina hududida oʻtkazishni shaxsan muhokama qilishgan.

Taxminlarga koʻra, Ukraina 5-oktyabr kuni UEFA anjumani vaqtida oʻz niyatini rasman eʼlon qiladi.

Manbaning qoʻshimcha qilishicha, Ukrainaning Ispaniya va Portugaliya tarkibiga qoʻshilishi ushbu arizaning gʻalaba qozonish imkoniyatlarini sezilarli darajada oshirishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling