Foto: Aniq.uz
Rossiyada safarbarlik eʼlon qilingandan soʻng, mamlakatning 75 ta viloyatida 31 ming juftlik zudlik bilan nikoh qurish boʻyicha ariza bergan. Bu haqda "Mediazona" xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, 21-sentyabrda safarbarlik boshlanganidan soʻng, chaqiruv qogʻozini olganlar ariza topshirgan kuniyoq nikohdan oʻtishga ruxsat berildi.
Xabarga koʻra, safarbarlikka chaqiruvlar boshlanganidan soʻng, butun mamlakat boʻylab shov-shuvlar boshlangan.
"Tezlashtirilgan tartibda nikohdan oʻtish uchun yarim soat vaqt kifoya va passport hamda chaqiruv qogʻozi kerak boʻladi", – deyiladi xabarda.
Nashrning maʼlumotlariga koʻra, sentyabr oyining oxirgi ikki haftasida (19-30-sentyabr) nikoh tuzish holatlari sezilarli darajada oshgan. Buryatiyada safarbarlikka qadar haftasida 83 ta toʻy oʻtkazilgan boʻlsa, safarbarlik eʼlon qilingandan soʻng, ularning soni 662 taga yetgan. Shuningdek, Permda oʻrtacha 323 va 804 ta boʻlsa, Omsk viloyatida 245 tadan 463 tagacha yetgan.
Mamlakat qonunlariga muvofiq safarbarlikka jalb qilingan fuqaro yaralansa yoki halok boʻlsa, uning oila aʼzolari kompensatsiya oladi, shuningdek, viloyat rahbarlari tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.
Nashrning taʼkidlashicha, ushbu raqamlar orqali safarbarlikka jalb qilingan rossiyaliklarning sonini hisoblash mumkin.