O'zbekistonda hokimlar besh yildan ortiq bir lavozimda qolmaydi

Loyiha 2023-yildan boshlab davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilingan davlat organlari va tashkilotlarida joriy etiladi

Foto: Teznews

Foto: Teznews

“Davlat fuqarolik xizmatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Loyihaga koʻra, 2023-yil 1-yanvardan boshlab davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilingan davlat organlari va tashkilotlarida quyidagi tartib joriy etiladi:

  • davlat fuqarolik xizmatchilari majburiy, rejali va rejadan tashqari tartibda rotatsiya qilinadi;
  • davlat fuqarolik xizmatchilarini rotatsiya qilish bir davlat organi doirasida hamda boshqa davlat organlari oʻrtasida amalga oshiriladi;
  • davlat fuqarolik xizmatchisi rotatsiya tartibida lavozimga tayinlanganda tanlov oʻtkazilmaydi;
  • rotatsiya tartibida lavozimga tayinlangan davlat fuqarolik xizmatchilariga ijtimoiy kafolatlar va tegishli kompensatsiyalar belgilanadi;
  • Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi davlat fuqarolik xizmatida majburiy ravishda rotatsiya qilinishi lozim boʻlgan davlat fuqarolik xizmati lavozimlari monitoringini olib boradi.

Davlat fuqarolik xizmatida majburiy ravishda rotatsiya tartibidagi tayinlovlar lavozimni egallagan kundan boshlab har besh yilda amalga oshiriladi, bunda qonunchilikka muvofiq boshqa muddatlar belgilanishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling