Bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatidagi maktabda o‘quvchilar yalangoyoq yurgan videosi tarqalgan edi. Ushbu holat yuzasidan Andijon viloyati xalq taʼlimi boshqarmasining matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Unga koʻra, ushbu voqea Paxtaobod tumanidagi 38-sonli ta’lim muassasasida sodir bo‘lgan. Maktab 310 o‘ringa mo‘ljallangan, ammo sig‘imi talabga javob bermagan.
Shundan soʻng, investitsiya dasturi doirasida 300 oʻrinli qoʻshimcha bino qurilgan.
Shu ta’lim muassasasi rahbariyati binoni ozoda saqlashni maqsad qilib, maktabda alohida poyabzal kiyish tajribasini joriy qilgan.
Mazkur holat yuzasidan, tashabbus ta’lim sifatiga ta’sir qilmasligi, shuningdek, o‘quvchilar uchun noqulaylik tug‘dirayotganini hisobga olib, maktab direktori va uning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosariga intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan.
Shuningdek, maktab ma'muriyatiga ta'limga aloqador bo'lmagan tashabbuslarni ilgari surmaslik haqida qattiq ogohlantirishlar berilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling