Qodirov Ukrainadagi maxsus operatsiyaning yangi taktikasiga o'tishini e'lon qildi

Qodirovnining aytishicha, Ukrainani yangi qasos rejasi kutmoqda

Foto: RIA Novosti<br>

Foto: RIA Novosti

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining Telegram-kanalida Ukrainada yangi harakat taktikasiga o‘tish haqida ma’lum qildi.

"Bo'ldi. Keling, ukrainaliklarga qarshi "maxsus operatsiya"ning yangi taktikasiga o'tamiz. Biz endi ular bilan ovora bo'lmoqchi emasmiz", deb yozdi u.

Qodirovning ta'kidlashicha, yaqin orada dushmanni "yangi qasos rejasi"ning keng ko'lamli oqibatlari kutmoqda va avvalgi harakatlar unga "bolalarcha hazil"dek tuyuladi.

"Faqat bu xabarni o'zlari uchun noxush alomat sifatida ko'rib, najot uchun muvozanatli xulosalar chiqaradiganlargina omadli bo'ladi. Yon atrofingizga qarang va tayyor turing", — deya qo'shimcha qilgan u.

Ma'lumot uchun, 24-fevraldan buyon Rossiya Ukrainada "maxsus operatsiya" o'tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin buni "sakkiz yil davomida Kiyev tomonidan bezorilik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish", deb atagan.

Prezidentning soʻzlariga koʻra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning oʻz xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling