Samarqandda qonunga zid ravishda 63 ta mayner uskunasi tashkil qilgan MCHJ rahbari ushlandi

 Noqonuniy transformatorlarni oʻrnatish ortidan davlatga 1,1 mlrd soʻm zarar yetkazilgan

Foto: Prokuratura departamenti

Foto: Prokuratura departamenti

Samarqand viloyati, Qoʻshrabot tumanida tabiiy resurslardan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlandi. Bu haqda Prokuratura departamenti xabar berdi.

Departament tekshiruviga ko'ra, “M.I.” MCHJ rahbari oʻzboshimchalik bilan oʻzi sotib olgan transformatorni oʻrnatib, noqonuniy ravishda 63 dona “Mayner” uskunalari va ikki dona suv nasoslaridan foydalanib kelganligi natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 1,1 mlrd soʻm zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling