Jahon chempionatini ko'rish uchun Toshkentdan o'z mashinasida yo'lga chiqqanlar Qatarga yetib bordi — video

O'zbekistonliklar uchun bunga ikki hafta kerak bo'ldi

Videodan lavha

Videodan lavha

Avtobloger Otabek Jo‘raev va uning jamoasi O‘zbekistondan Qatarga ikkita "Kia Carnival' avtomobilida yo‘l olgandi.

Ularga bu yo‘lni bosib o‘tish uchun 14 kun kerak bo‘ldi. Bu vaqt ichida ular Qozog‘iston, Ozarbayjon, Eron, Saudiya Arabistonini bosib o‘tishdi. Shuningdek, mashinalarda biri buzilib qolganligi sababli cho‘l o‘rtasida qolib ketishga ham ulgurishdi.

Ko'plab qiyinchiliklardan so'ng, avtobloger va uning jamoasi Qatarga yetib borishdi. Biroq mamlakatga kirish uchun ularga Qatar avtomobili raqamini qo‘yishni talab qilishdi. 

Bunga sabab qilib, kameralar va radarlar ularning yo‘l harakati qoidabuzarliklarini yozib olishini va boshqa davlat raqami ma'lumotlar bazasida yo'qligini keltirishgan.

Jarimalarga to'xtaladigan bo'lsak, ular Qatarda juda qimmat (1500 dollardan 2000 dollargacha). Shuningdek, Qatarda to‘xtash joyi uchun to'lov – har bir mashina uchun 800 dollarni tashkil qiladi.

Shundan so'ng bloger va uning jamoasi Qatar maʼlumotlar bazasiga Oʻzbekiston avtomobil raqamlarini kiritib, ushbu davlat hududiga kirishga erishgan.

Voqealarning to‘liq xronologiyasini blogerning Instagram’dagi akkauntida ko‘rish mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling