Chevrolet Onix haqida barcha ma'lumot — jonli fotosuratlar, texnik xususiyatlar va jihozlar

Avtomobil to'rtta komplektatsiyada sotuvga chiqarilgan

Foto: “Repost Avto”

Foto: “Repost Avto”

Chevrolet Onix'ni o‘zbekistonliklar 2021-yil boshidan buyon sotuvga chiqishini kutishdi. Nihoyat, oradan bir yildan ko'proq vaqt o'tgach, mashina to'rtta komplektatsiyada sotuvga chiqdi.

Tashqi ko'rinish

Onix qiziqarli tashqi dizaynga ega: radiator panjarasi, faralari, Chevrolet logotipining ikki tomonida joylashgan xrom tasmasi hamda tumanga qarshi chiroq bo‘limlaridagi chiziqlariga qaraganda, avtomobil yoshlar uchun mo‘ljallanganligini tushunish mumkin. Bu sport turiga kiruvchi shaharga moslashgan sedan hisoblanadi. 

Foto: “Repost Avto”

Foto: “Repost Avto”

Tashqi plastik qora rang kuzov'ning kulrang rangi bilan organik tarzda birlashtirilgan. Katta ehtimol bilan, plastmassasining rangi butun Onix rang sxemasida qo'llaniladi.

Foto: “Repost Avto”

Foto: “Repost Avto”

Agar siz mashinaga yon tomondan qarasangiz, birinchi navbatda g'ildiraklari e'tiboringizni tortadi. Ular qiziqarli dizaynga ega 16 diskalar bilan jihozlangan. Nexia-3 va Gentra'ga o'xshash eshik tutqichlari ham zamonaviy, ham chiroyliroq ko'rinadi. Yon oynalar mashinaning fonidan ajralib turmaydi va tashqi ko'rinishga juda ham mos tushadi.

Foto: “Repost Avto”

Foto: “Repost Avto”

Takidlash joizki, mashina bagaj ochish tugmasi bilan ham jihozlangan.

Ichki

Ichkaridan, to'liq konfiguratsiyadagi mashina haydovchi va yo'lovchilarni juda samimiy kutib oladi. Avtomobil qora va ochiq po'lat rangdagi torpedoga ega. Shuningdek, salonda sensorli ekran va ko‘zni quvontiruvchi deflektorlari mavjud sakkiz dyuymli multimedia tizimini ko‘rish mumkin.

Foto: “Repost Avto”

Foto: “Repost Avto”

Mashina boshqa mahalliy mashinalar bilan solishtirganda g'ayrioddiy va butunlay boshqacha uskunalar paneliga ega. Yuqorida nostandart "kozrik" joylashgan bo'lib, u Onix'ga go'zallik va qulaylik qo'shadi.

Foto: “Repost Avto”

Foto: “Repost Avto”

Sedan o'rindiqlari sun'iy teridan qilingan. Bu ko'rinishi jihatidan chiroyli hamda foydalanish uchun qulay. Avtomobil ko'p funksiyali rul, kalitsiz kirish tizimi, kruiz nazorati, ichki yoritish va boshqa ko'p narsalarga ega. Chevrolet Onix'ning asosiy xususiyatlaridan biri bu yarim avtomatik parkovka tizimi.

Texnik xususiyatlari

Mexanik uzatmalar qutili versiyasi 86 ot kuchiga ega 1,2 litrli uch silindrli dvigatel bilan jihozlangan. Qolgan versiyalarda esa 132 ot kuchiga ega olti pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan 1,2 litrli turbo dvigatel o‘rnatilgan.

Foto: “Repost Avto”

Foto: “Repost Avto”

Maksimal tezlik soatiga 180 km ga teng bo'ladi va avtomobil konfiguratsiyaga qarab 10,9 dan 13,2 soniyagacha bo'lgan vaqtda 100 km/soat tezlikka erisha oladi.

Komplektatsiyalar

Chevrolet Onix LS 1.2 MT - 152 996 000 so'm

Bu turi sensorli ekranga ega bo'lmaydi. Buning o'rniga mashinada Bluetooth va boshqa funksiyalarga ega oddiy magnitafon bo'ladi. Shuningdek, mashina qopqoqli 15 diskalarga tayanadi. U 86 ot kuchiga ega, 1,2 litrli dvigatel va besh pog'onali mexanik uzatmaga ega bo'ladi.

Foto: “Repost Avto”

Foto: “Repost Avto”

Chevrolet Onix 1LT - 159 160 000 so'm

Ushbu to'plamga kiruvchi turi biroz boyitilgan. U sakkiz dyuymli sensorli ekranni, orqa to'xtash sensorlarini o'z ichiga oladi. Mashina, shuningdek, haydovchi o'rindig'ining balandligini mexanik sozlash, konditsioner va to'rtta dinamik(tayanchda ikkitasi bor)ka ega. Shuningdek, bu turi qopqoqli po'lat 15 disklarni ham o'z ichiga oladi.

Chevrolet Onix 3LT LT – 163 254 000 so‘m

Bu mexanik turlari ichida eng "yuqori"si hisoblanadi. Ushbu turga quyidagilar kiradi: isitiladigan orqa ko'rinish oynalari, dvigatelni ishga tushirish tugmasi (Start / Stop), smartfon uchun simsiz zaryadlash, podlokotnik, isitiladigan old o'rindiqlar, orqa ko'rinish kamerasi, salonga kalitsiz kirish va boshqalar.

Foto: “Repost Avto”

Foto: “Repost Avto”

Chevrolet Onix 4LT LTZ 1.2 Turbo – 189 957 000 so‘m

Ushbu konfiguratsiyadagi avtomobilga 132 ot kuchiga ega olti pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan 1,2 litrli turbo dvigateli o‘rnatilgan. Shuningdek, 15 diskalar, charmdan ishlangan rul, yon xavfsizlik yostiqchalari va kruiz nazorati qo'shilgan. Bundan tashqari, yuqorida sanab o'tilganlarning barchasi mavjud.

Foto: “Repost Avto”

Foto: “Repost Avto”

Chevrolet Onix Premier 1.2 Turbo

Ta'kidlash joizki, ushbu turi hozirda sotuvda mavjud emas va uning narxi haqida hech qanday ma'lumot yo'q.

Foto: “Repost Avto”

Foto: “Repost Avto”

Faqatgina ma'lumki, bu turida lyuk, LED faralar va orqa chiroqlar, barcha o'rindiqlarni isituvchi, o'lik zona datchiklari, 16 diskalar, quyoshdan himoya qiluvchi 'kozrik"li oynalari, shuningdek, yarim avtomatik to'xtash rejimi bo'ladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling