Foto: Repost.uz
Jizzax shahridagi ATB “Qishloq qurilish bank”ning sobiq boshqaruvchisi kredit pullarini o'zlashtirdi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Axborot xizmati xabar qildi.
Ma'lum qilinishicha, Jizzax shahridagi ATB “Qishloq qurilish bank”ning Jizzax mintaqaviy filiali sobiq boshqaruvchisi MCHJga jiyanini rahbar sifatida tayinlab, ushbu MCHJga yuk mashinalarini xarid qilish uchun 1,5 mlrd soʻm kredit ajratilishiga erishgan.
Keyinchalik u 1,3 mlrd soʻmlik transport vositalarini boshqa shaxslarga sotib yuborib, kredit mablagʻlarini oʻzlashtirish va rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling