Foto: Repost.uz
Toshkent havosi eng ifloslangan shaharlar uchtaligidan joy oldi, deb xabar bermoqda "IQAir" portali.
Soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekiston poytaxtidagi kuzatuv stansiyasi "202 AQI" natijasini ko‘rsatdi.
Skrinshot
Toshkent shahrida PM2,5 kontsentratsiyasi me’yordan 30.3 baravarga oshdi.
Poytaxt aholisiga tashqi havodan ifloslanmaslik uchun ko‘chada niqob taqish va derazalarni yopish tavsiya qilindi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling