“Al Hilol” prezidenti hujumchi Krishtianu Ronalduni sotib olishga urinish haqida gapirdi. Bu haqda Metro nashri xabar berdi.
Iyulda Saudiya Arabistoni klubi “Manchester Yunayted” forvardi Krishtianu Ronalduning 30 mln yevroga sotib olmoqchiligi xabar qilingandi. Mazkur klub portugaliyalikka 2 yil uchun 250 mln yevro maosh berishga tayyorligi aytilgandi.
“Al Hilol” prezidenti Fahad bin Nafil klub Ronaldu bilan muzokaralar oʻtkazganini tasdiqladi.
Xabar qilinishicha, oʻtgan yozda faqat Saudiya Arabistoni klubi “Manchester Yunayted”ga portugaliyalik futbolchi boʻyicha taklif yuborgan.
“Ha, biz Ronaldu bilan muzokara olib bordik. Muammo pul yoki prinsiplarda emasdi.
«Al Hilol” jahon yulduzlari bilan shartnoma imzolashga qodir, ammo bunga Sport arbitraj markazining yangi futbolchilarni roʻyxatga olishni taqiqlash haqidagi qarori sabab boʻladi. Shunga qaramay, biz oʻyinchilar bilan muzokaralarni toʻxtatmadik, biroq yakuniy masalalarni cheklovlar olib tashlanmaguncha qoldirdik», — deydi Fahad bin Nafil.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling