Foto: bbc
Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi bundan buyon Ukrainadagi Starlink sunʼiy yoʻldoshli aloqa tizimining ishlashi uchun toʻlashga qodir emasligi sababli AQSH Mudofaa vazirligidan qoʻshimcha mablagʻ ajratishni soʻramoqda.
Urush boshlanganidan keyin, bahorda Ukrainaga birinchi marta kela boshlaganidan beri, Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi tomonidan yaratilgan Starlink sun'iy yo'ldosh internet terminallari Ukraina armiyasi uchun uyali telefon va internet tarmoqlari vayron bo'lgan taqdirda ham jang qilish va aloqada bo'lish imkonini beruvchi muhim aloqa manbai bo'lib xizmat qilgan.
Hozirgacha Ukrainaga 20 000 ga yaqin Starlink sunʼiy yoʻldosh birliklari sovgʻa qilingan, Musk o'zining twitter sahifasida operatsiya SpaceXga 80 mln dollarga tushganini va yil oxirigacha 100 mln dollardan oshishini yozdi.
Sentyabr oyida Mask Pentagonga xat yoʻllab, xarajatlarni harbiylarning zimmasiga yuklashni taklif qilgan edi.
Starlinkʻni Ukrainada ishlatish kelgusi 12 oyda esa qariyb 400 mln dollarga baholanmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling