Foto: Open source
Repost.uz nashri O'zbekiston va dunyo bo'yicha eng qiziq sport xabarlarini qisqa va tushunarli ko'rinishda bir joyga jamladi.
“Real” Mbappe transferi uchun 1 mlrd yevro sarflaydimi?
Foto: The Real Champs
Bu summaga PSJdan hujumchini sotib olish, maosh va futbolchi uchun bonuslar (GdS) kiradi.
Madridning “Real” klubi hali ham Kilian Mbappeni sotib olish niyatida.
Madrid klubi katta xarajatlarga qaramay, transferni amalga oshirishga tayyor, deya xabar berdi “La Gazzetta dello Sport”. “Qaymoqranglilar” prezidenti Florentino Peres PSJ bilan tuzilgan shartnomaga koʻra, fransiyalik futbolchi 3 yilda 636 mln yevro ishlab olishi mumkinligidan qoʻrqmayapti – u shartlarni bajarishga tayyor.
Transferning umumiy summasi 1 mlrd yevroga yetishi mumkin. Unga parijliklardan Mbappeni sotib olish xarajatlari, futbolchining maoshi va turli bonuslar kiradi.
Hujumchi joriy mavsum Liga 1da 14 ta oʻyinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Makgergor oyoqsiz MMA jangchisining debyuti haqida gapirdi
Foto: Open source
Ikki vazn toifasida sobiq UFC kamari sohibi Konor Makgregor MMAda debyut qilgan oyoqsiz jangchi Zayon Klark haqida fikr bildirdi.
“Uni MMAda debyut qilishini bilganimda hayron qolgandim, jangini koʻrganimdan soʻng yanada hayratim oshdi. Juda osonlik bilan raqibidan ustun keldi. U bilan jang qilmagan maʼqul, Klark juda ham kuchli ekan. Uni ajoyib gʻalaba bilan tabriklayman, MMA — dunyodagi eng zoʻr sport”, - deya fikr bildirdi Konor.
Pelening sogʻligʻi yomonlashdi
Foto: SABC news
Futbol boʻyicha uch karra jahon chempioni braziliyalik Pelening sogʻligʻi joyida emas.
Bu haqda chorshanba kuni sobiq futbolchining shifokorlari xabar berishdi.
Bu Pele 29-noyabr kuni ichak saratoni va nafas yoʻllari infeksiyasini davolash uchun kelgan San-Pauludagi klinika shifokorlari tomonidan maʼlum qilindi.
“Onkologik kasallikda salbiy dinamika kuzatilmoqda, shuning uchun buyrak va yurak disfunksiyasi tufayli u koʻproq intensiv terapiyani talab qiladi”, – deyiladi klinika xabarida.
Shu bilan birga, shifokorlarning taʼkidlashicha, Peleni hali reanimatsiya boʻlimiga yoki oddiy palatadan yarim intensiv terapiyaga oʻtkazish kerak emas.
21-dekabr kuni Pelening qizi Kelli Nasimentu ijtimoiy tarmoqlarda otasi Rojdestvo bayramini oilasi bilan oʻtkaza olmasligini, chunki u tibbiy sabablarga koʻra kasalxonada boʻlishi kerakligi haqida yozgan edi.
“Folya di San-Paulu” gazetasining yozishicha, uch karra jahon chempioni palliativ davolanishda, chunki uning tanasi kimyoterapiyaga javob bermay qoʻygan. Palliativ davolash ogʻriq va nafas qisilishidan xalos boʻlishga yordam beradi.
Nodirbek Abdusattorov shaxmatning rapid yo'nalishi bo‘yicha xalqaro turnirda g‘olib chiqdi
Skrinshot
O‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov Boku shahrida Vugar Gashimov xotirasiga bag‘ishlangan rapid VIII xalqaro turnirida g‘olib bo‘ldi. Bu haqda shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Abdusattorov to‘qqiz raund o‘ynab, ularning beshtasida g‘alaba qozongan va to‘rttasida durang qayd etgan. Natijada u o‘z hisobida 14 ochko jamg‘arib, tezkor turnirda g‘olib chiqdi.
“Dembele soatiga 200 kilometr tezlikda harakat qiladi” — Xavi
Foto: The Athletic
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes jamoa vingeri Usmon Dembele haqida toʻxtalib oʻtdi.
“Menimcha, u oʻz pozitsiyasida dunyodagi eng yaxshisi. U agar barcha uchrashuvlarda boʻlmasa, har ikkinchi oʻyinda turlicha oʻynaydi. Kuni kecha uning statistikasini koʻrdim – u oʻziga xos oʻyinchi, unga oʻxshashi yoʻq.
U tez-tez toʻgʻri qaror qabul qilib turishini tilayman. Har doim ham muvaffaqiyat qozona olmaydi, sababi soatiga 200 kilometr tezlikda harakat qiladi. U juda muhim va men uni juda yaxshi koʻraman. U gʻayrioddiy oʻyinchi va men unga ishonaman, menga hech qachon pand bermagan. Usmon klubni tark etishni istamadi, mana u biz bilan”, – dedi “Barselona” bosh murabbiyi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling