Foto: FVBNamangan
31-dekabr kuni Namangan shahrida xonadonlarning birida yongʻin yuz berdi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, soat 07:21 da FVB 101 qisqa raqamiga Namangan shahrining “Baynalminal” MFY hududidagi xonadonda yongʻin sodir boʻlayotgani haqida xabar kelib tushgan. Shunga asosan, soat 07:25 da yongʻin qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borgan, sodir boʻlgan yongʻin soat 07: 40 da toʻliq bartaraf etilgan.
Yongʻin vaqtida xonadon egasining qizi — 1 guruh nogironi 25 yoshli fuqaroning kuygan holdagi jasadi topilgan. Shuningdek, binoning shift va tom qismidan 25 kvadrat metr joyi hamda uy jihozlari yonib zararlangan.
Hozirda sodir boʻlgan yongʻin yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling