Farg'onada gaz uzilishiga qarshi norozilik uyushtirgan zavod ishchilari qamaldi

 Tuman sudi bir nafariga 10 sutka, olti nafariga 5 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi tuzilgan

Foto: Farg'ona IIB

Foto: Farg'ona IIB

Fargʻonada gaz uzilganiga qarshi nozorilik uyushtirgan zavod xodimlari qamaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, 29-noyabr kuni aholiga tabiiy gazni koʻproq yetkazib berish maqsadida Oʻzbekiston tumani "Shoʻrsuv” MFYda joylashgan “ALBUS” gips ishlab chiqaruvchi zavodi oldindan tuzulgan shartnoma shartlariga binoan tuman gaz idorasi tomonidan gaz quvuridan uzilgan.

Shundan so'ng, 6-dekabr kuni zavodning 20 nafar ishchilari yuqoridagi holatni notoʻgʻri talqin qilib, oʻzboshimchalik bilan jamoat tartibiga qarshi nozoriliklarni uyushtirgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tuman IIB tomonidan zavodning jami 7 nafar ishchilariga nisbatan MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik) hamda 201-moddasi (yigʻilishlar, mitinglar, koʻcha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, oʻtkazish tartibini buzish) bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organiga taqdim qilingan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Oʻzbekiston tuman sudi ishchilarning bir nafariga 10 sutka, olti nafariga 5 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi tuzilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling