Foto: ekologuz
O'zbekistonda yovvoyi sayroqi qushlar brakonyerlar tomonidan tutilib, qush bozorlarida ochiqdan-ochiq lisenziyasiz sotilishidan tashqari, onlayn savdosi ham avj olmoqda. Bu haqda telegramdagi "ekologuz" kanali xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, "OV MAVSUMI 2022.2023" telegram guruhida qushlarni ovlash va onlayn sotish yo'lga qo'yilgan. Shuningdek, guruh a'zolari o'zlarining ov jarayonlaridan videolar joylab boradi.
Qayd etilishicha, telegram guruhida yovvoyi sayroqi qushlarni tutish, sotish bilan faol shug‘ullanayotganlar anchagina. Ularni to‘r bilan tutish jarayonida ko‘pchiligi nobud bo‘lmoqda.
"Videolardan ham ko‘rish mumkin, qushlar sotilganida ham xaridorlar sayroqi qushlarni to‘liq nobud qilmasdan boqa olishiga ishonmaymiz. Onlayn brakonerlarga ham javobgarlik ko‘rish vaqti kelmadimi? Ekologiya qo‘mitasi mazkur holatni inobatga oladi, degan umiddamiz", — deb yozadi "ekologuz" kanali.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling