Foto: Transport va turizm obyektlarini qoʻriqlash boshqarmasi matbuot xizmati
Dubaydan Oʻzbekistonga qonunga hilof ravishda olib kirilgan 12 dona iPhone 14 Pro telefonlari musodara qilindi. Bu haqda Transport va turizm obyektlarini qoʻriqlash boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, oktyabr oyida “Islom Karimov” nomidagi aeroportida ”Dubay-Toshkent” yoʻnalishida uchib kelgan uch nafar shaxs 12 dona iPhone 14 Pro noqonuniy ravishda olib kirgani aniqlangan.
Shundan soʻng, mazkur shaxslar aeroportning uchib kelish zali tashqarisida qoʻlga olinib, holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Maʼlum qilinishicha, uch nafar fuqaro Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 227-moddasining 22-bandi (Tovarlarni deklaratsiyalamaslik yoki notoʻgʻri deklaratsiyalash) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etgan deb topilgan.
Shundan soʻng, Jinoyat ishlar boʻyicha Toshkent shahar Sergeli tuman sudiga toʻplangan hujjatlar yuborilgan.
Unga koʻra, ikki nafar nisbatan BXMning bir barobari (300ming soʻm) miqdorida jarima jazosi va ularning yana biriva nisbatan BXMning 5 barobari (1,5mln soʻm) miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Shu bilan birga qonunga xilof ravishda olib kelingan qiymati 197 mln 533 ming soʻm boʻlgan jami 12 dona Iphone 14 Pro Max uyali aloqa vositalari davlat hisobiga musodara qilingan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling