Foto: Prokuratura Departamenti
Buxoro viloyati Buxoro tumanida yer maydonini noqonuniy ravishda sotishga uringan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tekshiruv tadbirlari oʻtkazilgan.
Tadbir davomida muqaddam sudlangan shaxs boshqa bir fuqaroning ishonchiga kirib, “Bogʻidasht” MFY hududidan uning singlisi nomiga savdo va maishiy xizmat koʻrsatish binosi qurish uchun davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida ajratilgan 7 sotix yer maydonini 105 ming dollariga sotishga kelishib olgan.
U kelishilgan puldan 30 ming dollari va 200 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Huddi shunday departamentning Qarshi shahar boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda teekshiruv tadbiri oʻtkazilgan. Tekshiruv davomida fuqaro boshqa bir fuqaroning ishonchiga kirib, tanishlari orqali Koʻkdala tumani “Annaruz” MFY hududida joylashgan 60 sotix zaxiradagi yer maydonini uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytgan. Buning evaziga 150 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, fuqaroning koʻrsatmalariga asosan davom etgan tadbirda boshqa bir fuqaro undan 60 sotix zaxiradagi yer maydonini boshqa shaxsning nomiga rasmiylashtirib berishini aytgan. U buning evaziga 130 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling