Foto: Videodan lavha
Tanzaniyada yoʻlovchi samolyot mamlakat shimoli-gʻarbidagi Bukoba aeroportiga qoʻnmoqchi boʻlgan paytda Viktoriya koʻliga qulab tushdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, voqea vaqtida samolyot bortida 43 kishi, jumladan 39 yoʻlovchi va 4 ekipaj aʼzosi boʻlgan. Voqea joyiga qutqaruv guruhi yuborilgan.
Maʼlum qilinishicha, samolyotda boʻlganlardan 26 nafari qutqarib olinib, shifoxonaga yetkazilgan.
The Washington Post nashrining xabar berishicha, voqea oqibbatida 19 kishi halok boʻlgan.
Samolyot 100 metr balandlikda boʻlgan vaqtida qulay boshlagan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, halokatga mintaqadagi yomgʻirli yomon ob-havo sabab boʻlgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling