Foto: IIV matbuot xizmati
Oʻzbekistonda Ichki ishlar organlarining barcha shaxsiy tarkibi kuchaytirilgan xizmat tartibiga oʻtkazildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Foto: IIV matbuot xizmati
Qayd etilishicha, bu harakat mamlakatda noqulay ob-havo sharoitini inobatga olgan holda, fuqarolarning osoyishtaligini taʼminlash, hayoti va sogʻligʻi hamda mulkini himoyalash, shuningdek qiyin vaziyatlarda koʻmak koʻrsatish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Foto: IIV matbuot xizmati
Maʼlum qilinishicha, Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov bu boʻyicha tegishli buyruqni imzolagan.
Foto: IIV matbuot xizmati
“Hurmatli fuqarolar va yurtimizning mehmonlari! Oʻzingizga yoki yaqinlaringizga nisbatan har qanday tahdidli vaziyatlarda, xonadonda, koʻchada yoki yoʻllarda boʻlishingizdan qatʼiy nazar Ichki ishlar organlariga 102, 1102 va 1173 qisqa raqamlari orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling