Foto: Istories.media
Xerson viloyatining ruslar tomonidan bosib olingan hududida joylashgan Skadovsk shahrida rus politsiyachilari bilan ziddiyatga borgan 56 yoshli mahalliy fuqaro Tatyana Mudrenko omma oldida qatl etildi.
Ayolning maʼlum qilishicha, Rossiya istilosiga qarshi faol norozilik koʻrsatgan. U ukrainalik politsiyachilarga Rossiya bilan hamkorlik qilgani uchun tanbeh bergan va “Skadovsk - Ukraina!” deb baqirgan.
Shundan soʻng ayol va uning 60 yoshli eri yashash uyida qoʻlga olingan va olib ketilgan. Uyning oʻzi esa talon-taroj qilingan.
15-oktyabr kuni qoʻshnisi Natalya Chyornayaga singlisi vafot etgani haqida xabar berishgan. Uning soʻzlariga koʻra, Mudrekoning ogʻziga nimadir quyishgan, soʻng sud binosi oldida osib, oʻldirishgan.
Ayolning eri xotinini dafn etish uchun ozod qilingan. Dafn marosi tugagandan soʻng u yana gʻoyib boʻlgan.
Chyornayaga topshirilgan singlisining oʻlimi haqidagi guvohnomada ayolning oʻlimiga “mexanik asfiksiya”, yaʼni nafas yoʻllarining qisilishi natijasida nafas boʻgʻilishi sabab boʻlgani aytilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling