Namangandagi maktabda o'qituvchi o'quvchini do'pposladi — video

O'qtuvchi o'quvchining xatti-harakatlaridan norozi bo'lgani sababli unga tan jarohati yetkazgan

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining Davlatobod tumanidagi maktabda o‘qituvchi o‘quvchini kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasida Namangan viloyati IIB rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 13-oktyabr kuni soat tahminan 16:10 larda Davlatobod tumanidagi 58-sonli umumtaʼlim muassasasida yuz bergan.

Aniqlik kiritilishicha, geografiya fani o‘qituvchisi o‘zi rahbarlik qilayotgan ushbu maktabning 5-“V” sinfiga kirib, 11 yoshli oʻquvchi bolani xatti-harakatlaridan norozi bo‘lgan. Shundan so‘ng o‘quvchini kaltaklab, unga tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan hozirda sud tibbiy ekspertizasi tayinlanib, Namangan shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling