Foto: Instagram
Repost.uz nashri O'zbekiston va dunyo bo'yicha eng qiziq sport xabarlarini qisqa va tushunarli ko'rinishda bir joyga jamladi.
FIFA mashhur oshpaz JCH-2022 finalida maydonga chiqib ketgani borasida tekshiruv boshladi
Foto: CNN
Turkiyalik taniqli oshpaz Nusret Gyokche qatiy qoidalarga zid ravishda Argentina termasi chempionlikni nishonlayotgan paytda maydonda boʻlgan.
U Jahon chempionati kubogi ustiga tuz sepayotgandek koʻrinishda suratga tushgan va uni ijtimoiy tarmoqlarga joylagan. Shu tufayli FIFA Nusret Gyokche va boshqalar final oʻyinidan keyin qanday qilib maydonga tushib olganini tekshirishni boshlab yubordi. London, Nyu-York va Dubay kabi shaharlarda oʻzining “Nusr et” restoranlariga ega boʻlgan oshpazning mundial kubogini ushlab turgan, uni oʻpayotgan va unga mashhur harakatini amalga oshirayotgan fotolari joylangan.
Musobaqa kubogini maxsus tanlangan odamlar guruhi, tashkilot rasmiylari va chempionlar ushlab turishi yoki unga qoʻl tekkizishi mumkin.
Tashkilot bu borada quyidagicha bayonot berdi:
“Kuzatuvlardan soʻng FIFA 18-dekabr kuni ”Lusail“ stadionida oʻtkazilgan yopilish marosimidan keyin qanday qilib ayrim shaxslarning maydonga noqonuniy tushib olganliklari aniqlanmoqda.
Tegishli ichki choralar koʻriladi”.
Mbappe JCH-2022ʻdagi mukofot pullarini xayriya qiladi
Foto: Premium times
Abbat Pyer fondi Kilian Mbappega oʻz minnatdorchiligini bildirdi.
Mazkur tashkilot uysiz va kam taʼminlangan odamlarga yordam berish bilan shugʻullanadi.
Xususan, 2020-yil koronavirus pandemiyasi davridagi inqiroz vaqtida PSJ va Fransiya TJ hujumchisi katta miqdordagi mablagʻni fondga xayriya qilgan.
“Fondimiz bugungi oqshomni bezagan insonga minnatdorchilik bildiradi, ammo eng muhimi, u koʻp yillardan beri bizni qoʻllab keladi. Bu insonga saxiylik va isteʼdod berilgan. U bizning doʻstimiz.
Bundan xabardormisiz yoki yoʻq, Kilian Mbappega barchasi uchun tashakkur”, deya tashkilot oʻz minnatdorchiligini yoʻlladi.
Bundan tashqari, TF1 manbasiga koʻra, 24 yoshli futboolchi JCH-2022 finaliga chiqqani uchun berilgan mukofot pullarini ham xayriya ishlariga oʻtkazishni reja qilgan.
XOQ yana boksni Olimpiadadan chiqarib tashlash bilan tahdid qildi
Foto: Webnoviy
Xalqaro olimpiya qoʻmitasi yana Parij Olimpiadasida boksni oʻyinlar dasturidan chiqarib tashlash mavzusini koʻtardi.
“IBAning yaqinda oʻtkazilgan Kongressi shuni koʻrsatdiki, tashkilot boks va sport manfaatlari emas, faqatgina oʻz mansabi haqida oʻylaydi. ”Gazprom“ bilan homiylik shartnomasining uzaytirilishi, XOQ 2019-yilda bildirgan havotirlarini yanada oshiradi. Bu IBA haliyam Rossiya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan kompaniyaga bogʻliqligini koʻrsatadi. XOQ boksni Parij Olimpiadasi dasturidan chiqarib olish qaroriga keladigan boʻlsa, bularning barchasini hisobga oladi”, - deyiladi Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi bayonotida.
Xabib Zlatan Ibragimovichga taʼrif berdi
Skrinshot
Sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov futbolchi Zlatan Ibragimovich bilan tushgan suratini koʻrsatdi.
Zlatan Ibragimovich Qatardagi JCH-2022 vaqtida olingan suratni oʻz sahifasiga joylashtirgandi. Xabib ham ushbu suratni oʻz sahifasiga qoʻydi va “Seni koʻrganimdan xursand boʻldim. Futbol otasi”, deb izoh qoldirdi.
2022-yilda 5 nafar sobiq UFC chempionlari faoliyatini yakunladi
Foto: Open source
Dunyoning eng kuchli ligasi hisoblangan UFC promousheni uchun yakuniga yetib borayotgan yil bir necha yulduz jangchilarning “qafas”ni bir umrga tark etishi bilan esda qoladigan boʻldi.
Besh nafar sobiq UFC chempionlari - amerikaliklar Ti Jey Dillashou, Frenki Edgar, Lyuk Rokxold, braziliyalik Joze Aldo, polshalik Yoanna Yendjeychik aynan 2022-yilda oʻz faoliyatlarini rasman yakunlaganliklarini eʼlon qilishdi:
- TJ Dillashou,
- Frenki Edgar,
- Lyuk Rokxold,
- Joze Aldo
- Yoanna Yendjeychik