Samarqandda yuz bergan YTHda bir kishi halok bo‘ldi – video (18+)

Huquq-tartibot idoralari  holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atgan

Videodan lavha

Videodan lavha

Samarqand viloyatining Urgut tumanida o‘lim bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.

Baxtsiz hodisa 18-dekabr kuni soat 21:28 da sodir bo‘lgan. “Damas” haydovchisi svetoforning qizil chirog‘idan o‘tmoqchi bo‘lgan, natijada u Nexia va Lada bilan to‘qnashib ketgan.

Oxirgi mashina haydovchisi tibbiy yordamga qaramay vafot etgan. Ikki Damas yo‘lovchisi kasalxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling