Nukus voqealari bo'yicha komissiya: "Jamoatchilikni qiziqtirayotgan masalalar Bosh prokuratura tomonidan ochiqlanishi zarur"

Mustaqil komissiya aʼzolari keng aholi vakillarini xavotirga solayotgan holatlarni oʻrganib chiqdi

Foto; Telegram

Foto; Telegram

Qoraqalpogʻiston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni oʻrganish boʻyicha komissiya aʼzolarining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda Buxoro viloyatida boʻlib oʻtayotgan Nukus voqealari yuzasidan sud majlisida ishtirok etgan Komissiya aʼzolarining fikrlari tinglandi. Sud jarayonlarining ochiq shaklda oʻtkazilayotgani, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarning koʻrsatmalari tahlil qilindi va ularning Komissiya aʼzolariga bildirgan fikrlari bilan solishtirildi.

Avvalroq, Nukusdagi voqealarga aloqadorlikda gumon qilinib 516 kishi qoʻlga olingani, voqealar natijasida rasmiy maʼlumotlarga koʻra, 21 kishi halok boʻlgani va 250 ga yaqin kishi yaralangani haqida xabar berilgandi. Ayni paytda Buxoroda davom etayotgan sud jarayonida ayblanuvchilar 22 kishini tashkil qilmoqda. Oʻlganlar va jarohat olganlarning ismlari roʻyxati hozirgacha oshkor qilinmadi.

Mustaqil komissiya aʼzolari keng aholi vakillarini xavotirga solayotgan holatlar oʻrganib chiqdi va ularga oydinlik kiritilishini soʻrab Bosh prokuraturaga murojaat qildi.

“Sud-tergov jarayonlari ishtirokchilariga oid yakuniy statistik va tahliliy maʼlumotlar ochiqlanishi bilan, bu xaqda Mustaqil komissiya tomonidan jamoatchilik xabardor etiladi”, — deya qoʻshimcha qilinadi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling