Rossiyada fuqarolar OIV bilan kasallangan bo'lishiga qaramasdan frontga olib ketilayotganligi aytilmoqda

Avvalroq OIV bilan kasallanganlar safarbarlikka jalb qilinmasligi haqida xabar berilgandi

Foto: novostivl

Foto: novostivl

Rossiyada fuqarolar OIV infeksiyasi haqida ma'lumotnomasi bo'lishiga qaramasdan Harbiy ro'yxatga olish punktiga chaqirilyapti, deb xabar berdi "Astra" o'zining telegram kanalida.

Ma'lum bo'lishicha, ijobiy OIV infeksiyasi tashxisiga ega yoshlar huquq himoyachisi hisoblangan Pavel Chikovga unga murojaat qilishgan.

Foto: Astra

Foto: Astra

Qayd etilishicha, bir nechta holatlar allaqachon aniqlangan. 

“Harbiy ro‘yxatga olish bo‘limiga OIV infeksiyasi haqida ma’lumotnoma bilan kelganidan so‘ng fuqaro uyiga qaytishiga ruxsat berilgan. Biroq, tashxisni tasdiqlovchi tibbiy hujjatlar mavjudligiga qaramay, qabul qilish punktiga boshqa bir OIV musbat  deb topilgan odam yuborildi”, — deb yozadi Chikov.

Avvalroq "Explained" sayti OIV bilan kasallanganlar safarbarlikka tortilmasligi haqida xabar bergan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling