Andijonda tadbirkor gazdan noqonuniy foydalangani ortidan davlatga 1 mlrd 642 mln so'm zarar keltirdi

 U 2 mingta xonadon bir oy ishlatadigan tabiiy gazni noqonuniy sarflagan

Videodan lavha

Videodan lavha

Andijonda aholi uchun tortilgan tabiiy gaz tarmogʻiga noqonuniy ulanib, 1 mln 642 ming kub gaz noqonuniy sarflangan tadbirkor aniqlandi. Bu huquq tartibot idoralari hamda “Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiallari xodimlari oʻtkazgan reyd tadbirida maʼlum boʻldi. 

Ma'lum qilinishicha, tadbirkorlik subyekti tegishli hujjatlarsiz yashirin tarzda ohak sexi tashkil qilgan. Shuningdek, yuqoridagi joyga yonma-yon hududda yana 4 ta xumdon aniqlandi.

Mutaxassislar vaziyatni oʻrganib, nazoratga oldi. Aniqlanishicha, tadbirkor buning ortidan davlatga 1 mlrd 642 mln soʻm miqdorida zarar keltirgan.

Yetkazilgan zarar oqibatida 1 mln 642 ming kub gaz noqonuniy sarflangan, bu 2 mingta xonadonning bir oylik gaziga teng, deyiladi xabarda.

Mazkur holat boʻyicha Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Andijon viloyati boshqarmasi surishtiruv oʻtkazyapti.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling