Foto: uefa
Eron terma jamoasi aʼzosi va Bayer futbolchisi Sardor Azmun Eronda politsiya tomonidan xijobini notoʻgʻri oʻragani uchun urib oʻldirilgan qiz haqida gapirdi.
“Bizga bu borada oʻz pozitsiyamizni aytishimiz taqiqlangan. Lekin men bunga ortiq chiday olmayman. Agar meni shu uchun terma jamoadan chetlatishsa bu qurbonlik Eron ayolining sochidan toʻkilgan bitta tolagayam arzimaydi”, — deb aytib oʻtgan futbolchi.
Foto: instagram
Shundan so'ng, futbolchining instagram sahifasidagi postlari o'chib ketganligi aytilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling