Foto: Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Samarqand viloyatining Narpay tumanidagi qabristonda qurigan o‘tlar yoqib yuborildi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 7-avgust kuni Narpay tumani Obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli bo‘lgan “Toshloq ota” qabristoni mas’ullari etiborsizligi tufayli qabriston hududi va qabrlar atrofida qurigan o‘simliklar o‘t qo‘yib, yoqib yuborgan.
Foto: Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Shu sababli tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi davlat inspektorlari mazkur holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi (atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik) 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, jarima qo‘llagan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling