Qarshidagi zavod yonida fuqaro o'zini yoqib yuborishga urindi

Zavod rahbariyatiga murojaat qilgan fuqaro tahdidga uchragan

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida teri zavodi faoliyatidan norozi bo‘lgan fuqaro ustiga benzin sepib o'zini yoqib yuborganligi aks etgan video tarqaldi. Bosh prokuratura mazkur holatga munosabat bildirdi.

"Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda. Fuqaroning o'zni yoqib yuborishi sabablari aniqlanmoqda", - deyiladi Bosh prokratura xabarida.

Zavod oldida yig'ilgan aholining aytishicha, zavoddan chiqayotgan qo'lansa hid ularga noqulaylik tug'dirmoqda.

O‘zini yoqib yuborgan fuqaroning aytishicha, ushbu holatdan norozi bo‘lib zavod rahbariyatiga murojaat qilgan va tahdidga uchragan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling