Foto: talksport
Yevropa Chempionlar Ligasida 2-tur yakunlariga ko‘ra haftaning eng yaxshi o‘yinchisi va eng chiroyli goli aniqlandi.
So‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, “Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne haftaning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi. Belgiyalik futbolchi “Borussiya D”ga qarshi kechgan bahsda golli uzatma amalga oshirgan va 11,35 kilometr bosgan. Uzatmalar aniqligi — 67%.
Shuningdek, ushbu sovrin uchun Jamal Musiala (“Bavariya”), Kilian Mbappe (“PSJ”) va Ferran Jujla (“Bryugge”) ham da’vogar bo‘lgandi.
“Manchester Siti” forvardi Erling Holandning sobiq jamoasi darvozasiga kiritgan to‘pi esa turning eng chiroyli goli deb topildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling