Foto: Videodan lavha
Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh nomaʼlum shaxslar boshqa bir fuqaroni urib, uning ustidan “zelyonka” sepishgani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIB matbuot xizmati rasmiy izoh berdi.
Qayd etilishicha, mazkur voqea 12-oktyabr kuni soat taxminan 21:00 da sodir boʻlgan. Unga koʻra, 19 yoshli, 21 yoshli va 17 yoshli yigitlar Telegram-bot orqali giyohvandlik moddalarini yetkazib berish bilan shugʻullanuvchi 19 yoshli fuqaro bilan Mirobod tumanida uchrashib olishga kelishgan.
Shundan soʻng, kelishilgan uchrashuv vaqtida uch nafar shaxs jabrlanuvchini Boʻstonliq tumaniga olib borib, uni urib, tan jarohati yetkazgan va ustiga “zelyonka” sepgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 137-moddasi 2-qismi (odam oʻgʻirlash) va 105-moddasi 2-qismi (qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Tergov davomida gumonlanuvchi shaxlarning shunga oʻxshash yana bir qancha jinoyatlarga aloqador ekanligi maʼlum boʻlgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling