Buyuk Britaniyaning ikki oy ilgari saylangan vaziri Liz Trass iste'foga chiqqanini e'lon qildi

Liz Trass bosh vazir lavozimiga joriy yilning 6-sentyabr kuni saylangan

Foto: ABC News<br>

Foto: ABC News

Buyuk Britaniyaning bosh vaziri Liz Trass iste'foga chiqqanini ma'lum qildi. Bu haqda "Meduza" nashri xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Boris Jonsonning o'rnini egallagan Trass bu lavozimida atigi olti hafta ishlagan. Shuningdek, u yangi vazir tayinlangunga qadar Buyuk Britaniyaning bosh vaziri lavozimida qoladi.

"Britaniyaning yangi Bosh vaziri bir hafta ichida saylanadi", — deydi vazir.

Ma'lumotlarga ko'ra, Liz Trass mamlakat tarixidagi eng qisqa vaqt ushbu lavozimni egallagan bosh vazir bo'ldi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling