Videodan lavha
Guliston shahrida 1 yoshli qizini 15 ming dollarga sotishga uringan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda «Zamon» informasion dasturida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan va ayol pul olayotgan vaqtida ushlangan. «Kelgandan keyin choyxonada o‘tirdik, 15 ming berishini aytdi. Mayli, o‘ziz bilasiz dedim», — deydi ayblanuvchi.
Advokat ayolning ikki nafar yosh farzandi borligini inobatga olib, suddan yengilroq jazo berishni so‘ragan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u qizini sotish orqali o‘g‘lini davolatmoqchi bo‘lgan.
Ayol Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo viloyat sudida ko‘rib chiqilgan ish davomida Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismi «a» bandi bilan aybli deb topilib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling