Foto: Xalq so'zi
Toshkentda noqulay ob-havo sababli avtobuslarning oraliq interval vaqtlari ortishi mumkin. Bu haqda “Toshshahartransxizmat" matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, noqulay ob-havo sharoitida avtotransport vositalarining koʻcha-yoʻllarda harakatlanishida noqulayliklar yuzaga kelishi sababli, ayrim avtobus yoʻnalishlaridagi qatnov va oraliq interval vaqtlarining belgilangan vaqtlardan ortishi holatlari yuzaga kelishi mumkin.
“Ob-havoning keskin oʻzgargani, qor yogʻishi va avtomobil yoʻllarida muzlamalar hosil boʻlgani sababli barcha haydovchilardan transport vositasini boshqarish paytida murakkab ob-havo sharoitini hisobga olishlarini, zarurat boʻlmaganda shaxsiy avtomobillarida, ayniqsa, qishga moʻljallangan shinalarga ega boʻlmagan transport vositalarida harakatlanmaslikni, tezlik talablariga qatʼiy amal qilishlarini, piyodalardan yoʻlni kesib oʻtishda oʻta hushyor boʻlishlarini, kattalardan yoʻllarda bolalarning harakatini nazoratga olishlarini soʻraymiz”, — deyiladi xabarda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling