Tanzila Narbayevaning uyiga o'g'ri tushgani aytilmoqda

Uydan 12,5 dollar pul o'g'irlab ketilgan

Foto: Open source

Foto: Open source

Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanidagi maxsus qoʻriqlanuvchi uylardan biridan 12 ming 500 dollar pul oʻgʻirlandi. Uy Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyevaga tegishli boʻlishi mumkin, deb yozmoqda "Kun.uz.

Ma'lum qilinishicha, 2-dekabr kuni soat 23:45da Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tuman sudida sudya M.Kukiyev, Mirzo Ulugʻbek tumani prokurori yordamchisi F.Yunusov va gumonlanuvchi hamda uning advokati ishtirokida Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3 qismi “v” bandi (koʻp miqdordagi oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi koʻrib chiqilgan.

Ajrimda yozilishicha, gumonlanuvchi sherigi bilan birgalikda Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan, maxsus qoʻriqlovga olingan Doʻrmon kompleksi 22-uyda maxsus enagalik vazifasini bajarib kelgan. 2-noyabrdan 6-noyabrgacha navbatchilik vaqtlarida uyning mehmonxonasida joylashgan javonning pastki qismida boʻlgan chinni idish ichida uy bekasi tomonidan solib qoʻyilgan 12 ming 500 dollar miqdoridagi pul mablagʻlarini yashirin ravishda talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

U jinoyat ishiga gumonlanuvchi sifatida 26-noyabr kuni jalb etilgan. Prokuror oʻz iltimosnomasida unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzida ehtiyot chorasini soʻragan, sud iltimosni qanoatlantirgan.

Bu jinoyat ishi haqida 14-dekabrda inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov ham oʻz Facebook sahifasida post qoldirdi. Uning yozishicha, bu ishdagi jabrlanuvchi – Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyevaning qizi.

"Biz bu maʼlumotga rasmiy munosabat soʻrab, Senat matbuot xizmati rahbari Hojiakbar Toʻlaganovga bogʻlandik. U voqea shaxsiy maʼlumotlar bilan bogʻliqligini inobatga olib, izoh bera olmasligini bildirdi", deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling