Gruziyada bankka hujum qilib, odamlarni garovga olgan shaxs ushlandi — video

U politsiyadan Rossiya bayrog'i, 2 mln dollar va vertolyot talab qilgan

Qo'lga olinish jarayonidan 

Qo'lga olinish jarayonidan 

Gruziyada “Bank of Georgia" bankining Kutaisi shahridagi filialiga qurollangan shaxs bostirib kirib, 15 kishini garovga olgandi. Hozirda jinoyatchi qo'lga olingani aytilmoqda.

Jinoyatchi politsiyaga o’z talablarini aytgan.

"Qurollangan shaxs bank oldiga vertolyot, 2 mln dollar, Rossiya bayrog'i va qarmoq olib kelishni talab qilmoqda", — deyiladi xabarda.

Kutaisi shahrida bank o‘g‘risi garovga olganlarni ozod qilish bo‘yicha operatsiya yakunlandi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligiga tayanib, EA Daily xabar bermoqda.

Video: euronews

Maxsus kuchlar barcha garovga olinganlarni ozod qilishga muvaffaq bo'lishdi, ular orasida qurbonlar yo'q. Hozirda politsiya bank yaqinidagi ko‘cha bo‘ylab harakatlanishni tiklamoqda.

Guvohlarning xabar berishicha, huquq-tartibot idoralari xodimlari jinoyatchini qo‘lga olgan. O'q ovozlari eshitilgan, ammo uning yaralanganmi yoki yo'qligi aniqlanmagan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling