Jizzaxda erkaklarga o'zining uyatsiz rasmini yuborgan yigit samosud qilindi — video

Erkaklar yigitni o'ldirib, issiqxona yer maydoniga ko'mib yuborish bilan tahdid qilgan

Videodan kadr

Videodan kadr

Yigit videodagi erkaklardan biriga o‘zining uyatsiz rasmlarini yuborgan.

2022-yil 10-sentyabr kuni Sharof Rashidov tumani ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qilingan.

Murojaatda fuqaro o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan uch nafar erkaklar yigitni muqaddam ijtimoiy tarmoq orqali yuborgan rasmini o‘zaro muhokama qilish uchun chaqirib, turli so‘zlar bilan haqorat qilib, urib-tepib, tan jarohati yetkazganligi va ushbu jarayonni videotasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatganligi sababli qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Videoda erkaklar yigitni urib, uni o'dirishi va shu yerdagi issiqxona maydoniga ko'mib yuborishlari bilan tahdid qilgan.

Mazkur holat yuzasidan 2022-yil 20-sentyabr kuni JKning 277-moddasi 2-qismi “b, g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling