Foto: Repost.uz
Samarqand viloyatidagi tumanlardan birida FVB boshligʻi 1000 dollar pora bilan qoʻlga olindi. Bu haqda “UzA” xabar bermoqda.
Qayd etilsihicha, Samarqand viloyatidagi tumanlardan birining Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi viloyat boshqarmasidagi mansabdor shaxslar orqali mahalliy fuqaroni oʻzi rahbarlik qilayotgan boʻlimga ishga qabul qilinishida yordam berish evaziga undan 2000 dollar talab qilgan.
DXX va huquqni muhofaza qilish xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbirda mazkur mansabdor shaxs soʻralgan puldan 1000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Mazkur holat yuzasidan ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-(firibgarlik) va 28,211- (pora berish) moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling