Toshkentda 25,5 mln so'mlik pirotexnika vositalarini sotayotgan shaxslar qo'lga olindi

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqa.

Foto: Prokuratura Departamenti<br>

Foto: Prokuratura Departamenti

Toshkent shahri Olmazor tumanida pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosi bilan shugʻillanayotgan shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqda Prokuratura Departamenti xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tuman boʻlimi tomonidan, DBQ va DXX xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv tadbirlari oʻtkazilgan.

Tekshiruvlar davomida, uch nafar fuqaro “Волк X091” va “С новым годом X082” nomli pirotexnika vositalarini soatyotgan vaqtlarida ushlangan. Shuningdek, ulardan 30 dona “Волк X091” va 78 dona “С новым годом X082” nomli jami 25,5 mln soʻmlik pirotexnika buyumlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqa.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling