20 yil "o'tirib chiqqan" erkak o'z shishadoshini o'ldirib, yana 8 yilga qamaldi

U janjal oqibatida tanishini turli joylariga temir bo'lagi bilan urib, tan jarohati yetkazgan

Farg'onada muqaddam sudlanib, qilgan jinoyati uchun 20 yil qamalib chiqqan fuqaro uyiga kelgan tanishini o'ldirib qo'ydi. Bu haqda Sevimli telekanalining "Zamon" informatsion dasturi xabar bermoqda.

Xabarga ko'ra, qamoqdan qaytgan erkak ukasining uyida yashay boshlagan. Uning oldiga jazoni ijro etish muassasasida tanishib qolgan do'sti mehmonga kelgan. Ikki hamshahar suhbatlashib, spirtli ichimlik iste'mol qilgan. Shundan so'ng mehmon mezbonni haqorat qilgani bois ular o'zaro janjallashib qolgan. Yuzaga kelgan janjal natijasida mezbon uyiga kelgan tanishining turli joylariga temir bo'lagi bilan urgan.

Shundan so'ng, u tanishini o'zboshimchalik bilan davolamoqchi bo'lib, uni ikki kun xonadonida saqlab kelgan.

O‘tkazilgan sudga oid ekspertiza xulosasida keltirilishicha, Mirzayev ko‘krak qafasining ikkala tomonidan to‘qqizta qovurg‘asining sinishi, o‘pka yirtilishi oqibatida vafot etgan.

Xabarga ko'ra, ayblanuvchi Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og'ir shikast yetkazish) 3-qismi "d" bandi bilan ayb dor deb topilib, sud hukmi bilan 8 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling