Qashqadaryoda "Cobalt" saloniga yuk ustidan yo'lovchi ortib harakatlanayotgani aniqlandi — video

Haydovchiga tegishli bayonnoma rasmiylashtirilgan

Qashqadaryo viloyatida odam tashish qodalarini buzgan haydovchi javobgarlikka tortildi. Bu haqda "Nasaf Tv" xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, YPX xodimlari tomonidan "Cobalt" mashinasi to'xtatilganida, haydovchi avtomobilning o'rindiqsiz saloniga yuk va uning ustidan yo'lovchilar ortib harakatlanib ketayotgani aniqlangan.

Xabarga ko'ra, YPX xodimlari tomonidan qoidabuzarlik bo'yicha tushuntirish berilganda, haydovchi "o'lib qolmaydi-ku", deya javob qaytargan.

Ma'lum qilinishicha, holat yuzasidan haydovchiga nisbatan tegishli tartibda bayonnoma rasmiylashtirilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling