Samarqandda 10 kg giyohvand moddalarni sotmoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov olib borilmoqda.

Foto: O'zA

Foto: O'zA

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan giyohvandlik moddalari savdosiga qarshi kurashish yoʻnalishida tezkor tadbir oʻtkazildi, deya xabar bermoqda OʻzA.

Tadbir davomida Urgut tumani yashovchi fuqaro — 1992-yilda tugʻilgan Q.A. Jizzax viloyati Baxmal tumanida istiqomat qiluvchi 1983-yilda tugʻilgan K.K.ga 2 kilogramm opiy giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtda qoʻlga olindi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, Q.A.ning yashash xonadoni koʻzdan kechirilganda 8 kilo opiy giyohvandlik moddasini sotish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlandi va protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Holat boʻyicha yuqoridagi shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling