Kaspiy dengizi qirg'oqlaridan 2,5 mingta o'lik tyulen topildi – video

O‘lim sababi laboratoriya tekshiruvlaridan so‘ng aniqlanadi.

Foto: BBC

Foto: BBC

Dog‘istondagi Kaspiy dengizi sohilida 2,5 ming o‘lik tyulen topildi. Bu haqda Dog‘iston tabiiy resurslar vazirligi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, tyulenlar jasadlari turli joylarda topilgan. Eng koʻp Yuzabash daryosi yaqinida hamda Sulak va Shurinka daryolari oralig‘ida aniqlangan.

O'lgan hayvonlarni hisoblash davom etmoqda. O'lim sabablari o'lik tyulenlarning patologik materialini laboratoriya tekshiruvlaridan so'ng aniqlanadi.

Kaspiy dengizida tyulenlarning ommaviy nobud bo‘lishi birinchi marta yuz berayotgani yo‘q. Biroq shu paytgacha halok bo‘lgan hayvonlar soni unchalik katta bo‘lmagan: masalan, 2020-yil noyabrida 300 ta o‘lik jonivor topilgan bo‘lib, o‘shanda dengiz havzasiga tabiiy gaz sizib chiqishi ehtimoliy sabab sifatida aytilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling