Foto: Tez News
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida 23 yoshli ayol oʻzini osib qoʻygani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi mazkur holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, 2022-yil 18-dekabr kuni Kasbi tumani tibbiyot birlashmasi tomonidan, ichki ishlar boʻlimiga xabar kelib tushgan.
Xabarda aytilishicha, “Maymanoq” mahalla fuqarolar yigʻinida yashagan 23 yoshli ayol boʻyin sohasidan strangulyatsion egat shilinmasi koʻrinishidagi jarohat bilan vafot etgan.
Marhumaning oʻlim sababiga aniqlik kiritish maqsadida tegishli ekspertizalar tayinlangan.
Holat boʻyicha Kasbi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakati olib borilmoqda.
Tekshiruvning borishi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling